Yirik o‘zbek olimi vafot etdi
Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida uzoq yillar faoliyat olib borgan, paxtachilik sohasida taniqli seleksioner olim, biologiya fanlari doktori Fayzulla Joniqulov 86 yoshida vafot etdi.
Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.
F.Joniqulovning ilmiy ishlari g‘o‘zaning yovvoyi va madaniy turlari va navlarining o‘sishi, rivojlanishiga, hosiliga, fiziologik-biokimyoviy jarayonlariga radiatsiya (32R, 60SO) ning tasirini o‘rganish asosida ko‘p yillik yovvoyi g‘o‘zalardan bir yillik, O‘zbekiston sharoitida hosil beradigan ertapishar va barcha kasalliklarga chidamli g‘o‘za shaklllarini olish usuli ishlab chiqilishiga va undan ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida samarali foydalanishga bag‘ishlangan.f
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter