Yaqin kunlarda Toshkentda ikkita yangi kovorking-markaz ochiladi (foto)
Bu haqda «GroundZero» kovorking-markazi bosh direktori Abdulahad Qo‘chqorov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Infocom.uz».
«Ushbu yozda shahar markazida ikkita yangi kovorking-markaz ochiladi:
— «GroundZero KitobOlami»: Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 6-7-uy (mo‘ljal: eski konservatoriya).
— «GroundZero Chilanzar»: Bunyodkor ko‘chasi 50-uy (mo‘ljal: «Integro» savdo markazi).
Qulay ish o‘rinlari va muhit, barcha aloqalar bo‘yicha yagona tizim, bonuslar, sovg‘alar va boshqa ko‘plab qiziqarli yangiliklar!
Yangiliklarni sahifamizda kuzatib boring», — deya qayd etgan Abdulahad Qo‘chqorov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter