Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri Yositaka Sakurada kompyuterni tushunmas ekan...

Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri Yositaka Sakurada kompyuterni tushunmas ekan...

Foto: «The Guardian»

«The Guardian»ning yozishicha, Yaponiya parlamentining 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Sakuradadan AES xodimlari ham USB-fleshkalarni ishlatishadimi, deb so‘rashdi, u esa bilmayman, chunki kompyuterdan foydalanmaganman dedi...

Vazir o‘zini shunday oqlagan: yoshligida ko‘p ishlagani uchun kompyuterni o‘rganishga vaqt topolmagan, keyin esa xizmat pillapoyalarida yuqorilab ketib, qo‘l ostidagilarga ko‘rsatma berish bilan band bo‘lgan...

Endi muxolifat vazirni iste’foga chiqarishni talab qilyapti: «Mamlakatimiz kiberxavfsizligini kompyuterni tushunmagan odamga ishonib o‘tiribmizmi?!».

«Ishonish qiyin, kompyuterni ushlab ko‘rmagan odam kiberxavfsizlik siyosatiga mas’ul bo‘lsa-ya!» — dedi muxolifatchi deputat Masato Imai.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring