Yapon milliarderi 17 000 nafar xodimiga dasturlashni o‘rgatmoqchi
«Rakuten» kompaniyasi asoschisi Xirosi Mikitani qo‘l ostidagi xodimlarini dasturlashga o‘rgatmoqchi, deb xabar berdi «Bloomberg».
Milliarder «Rakuten»ni eng zo‘r kompaniyaga aylantirmoqchi. Onlayn savdo bilan shug‘ullanuvchi ushbu kompaniya oxirgi paytlarda amerikalik gigant — «Amazon» raqobatiga bazo‘r dosh beryapti. Mikitanining fikricha, agarda kishi axborot texnologiyalari sohasida ishlaydimi, demak, kompyuterning «ichida» nima borligini ham bilishi shart.
Ilgari Mikitani xodimlariga majburlab inglizchani o‘rgatgandi. Tilni o‘zlashtirmaganlar ishdan haydalgan yoki lavozimi pasaytirilgan. Mikitani esa o‘z ishidan pushaymonda emas, chunki bugun «Rakuten» xodimi boshqa yaponiyaliklardan ko‘ra inglizchani yaxshiroq biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter