Xorijdagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari IT-Park faoliyati bilan tanishishdi
Bugun, 17-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va chet eldagi O‘zbekiston diplomatik missiyalarining rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Diplomatlar IT-Park faoliyati, bu yerda axborot texnologiyalari kompaniyalar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishishdi.
Uchrashuvda bugun O‘zbekistonda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgani, zamonaviy normativ-huquqiy baza barpo etilib, qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilgani, respublika bo‘ylab zamonaviy infratuzilmaga ega IT-Parklar tashkil etilayotgani ta’kidlandi.
2019-yilda IT-Park rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan axborot texnologiyalari mahsulot va xizmatlarining eksporti 6,2 million dollarni tashkil etgandi, 2020-yilda mazkur ko‘rsatkich 16,4 million dollargacha o‘sdi. 2021-yilning birinchi yarmida eksport hajmi 17 million dollarni tashkil etdi, yil oxirigacha mazkur ko‘rsatkichni 40 million dollargacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilish, IT-Park rezidentlarining chet el axborot texnologiyalari kompaniyalari bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter