Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda yettita IT startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Xorazmda yettita IT startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Xorazm viloyati hokimligida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda viloyat hokimligi rahbariyati, hududiy ilmiy-texnik kengash a’zolari, loyihalarga aloqador viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda 13 ta loyihalar mualliflarining takliflari eshitilib, har bir loyiha mutaxassislar ishtirokida chuqur muhokama qilindi.

Kengash a’zolari fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib qator loyiha mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan IT sohasiga doir startap loyihalar quyidagilar:

- Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan interaktiv oylayn akademiya «Edulife»;

- «Speak with me» eshitishda nuqsoni bor fuqarolar uchun o‘z ustida mustaqil ishlash salohiyati va qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi loyihasi;

- viloyatining xar bir shahar va tumanlarida mavjud maktabgacha ta’lim muassasasini axborot texnologiyalariga ixtisoslash, raqamli va innovatsion maktabgacha ta’lim tizimini yaratishga yo‘naltirilgan «ITga ixtisoslashgan bog‘cha» loyihasi;

- Mahallalarda aholi bilan ishlashning yaxlit vertikal boshqaruv tizimiga asoslangan «E-aholi» axborot tizimi;

- Birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash uchun ko‘rlikga olib keladigan kasalliklarni erta aniqlash va rivojlanish xavfini bashorat qilishga xizmat qiluvchi elektron dastur ishlab chiqish;

- «GoTest» loyihasi til o‘rganuvchilarning, abituriyentlarning hamda turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘ruvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va rivojlantiriladi;

axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalardan keng foydalangan holda «Mahalla boshqaruviga ko‘maklashuvchi tizim» loyihalari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring