Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» bir martalik quvvat bilan 45 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soatlarni sotuvga chiqardi

«Xiaomi» bir martalik quvvat bilan 45 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soatlarni sotuvga chiqardi

Ularning narxi 99 dollarni tashkil etmoqda

Foto: «ITC.ua»

«Xiaomi» kompaniyasi o‘zining «Huami Amazfit Bip» «aqlli» soatlarini jahon bozoriga olib chiqdi. Uning narxi 99 dollarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Amazfit Bip» shu turdagi boshqa qurilmalardan o‘zining avtonomligi bilan ajralib turadi. Soatning sig‘imi 190 mA/soat bo‘lgan akkumulyatori bir marta quvvatlantirilsa 45 kungacha xizmat qilishi mumkin. Uni to‘liq quvvatlantirish esa 2,5 soatni talab etadi.

«Amazfit Bip» «aqlli» soatlarining korpusini shakli to‘rtburchak. Shu bilan birga qurilma korpusi polikarbonatdan ishlangan bo‘lib, og‘irligi atiga 31 grammga teng. 

Gadjetga 1,28 dyuymli, «2.5D Corning Gorilla Glass 3» oynasi bilan himoyalangan displey o‘rnatilgan. Aynan shu displey qurilmaning bu qadar uzoq avtonomligini va kunduz kungi yorqin nurlarda ham ekran ichini bemalol o‘qish imkoniyatini ta’minlaydi.

«Amazfit Bip» yurak ritmini o‘lchashga qodir, geomagnit, atmosfera bosimi o‘lchovchi datchiklar o‘rnatilgan. «Amazfit Bip» soatlari GPS yoqilganida ham 22 soat ishlay oladi. Soatlar fizik faollikka qarab bir nechta ish rejimida ishlay oladi, u yurishni, yugurishni va velosipedda harakatlanishni farqlay oladi. Biroq suzishda samarali emas. Shu bilan birga soatlar changdan himoya qiluvchi «IP 68» klassi bilan jihozlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring