Xavfli aloqa: Smartfon batareyasini qizdirib yuboruvchi android-troyan topildi
Buni «Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari aniqlashdi. Ma’lumot bilan kompaniya blogida batafsil tanishish mumkin.
Ekspertlarning bildirishicha, «Loapi» deb nomlangan bu troyan antivirus yoki kattalar uchun ilovalar niqobi ostida reklama bannerlari orqali tarqalyapti. O‘rnashib olganidan so‘ng «Loapi» ma’mur (administrator) huquqlarini talab qilishni boshlaydi, foydalanuvchi to uning talabini qondirmaguncha smartfon ekraniga sizib chiqaveradi.
«Mabodo foydalanuvchi keyinchalik ilovaning ma’mur huquqini to‘xtamoqchi bo‘lsa, troyan ekranni bloklab, sozlamalar oynasini yopib qo‘yadi», – deyiladi kompaniya xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter