Xakerlar akvariumdagi termostat orqali kazinoni «buzdi»
«Darktrace» kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha bosh direktori Nikol Iganning aytishicha, maishiy buyum sabab kazino ma’lumotlar bazasidagi muhim ma’lumotlar tarqab ketgan. Xakerlar bino xollida turgan «aqlli» termostatni buzishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur termostat akvariumdagi suv haroratini monitoring qilish uchun o‘rnatilgan bo‘lgan, deb xabar beradi «4PDA».
Xakerlar kazinoda katta-katta pul tikadigan VIP-o‘yinchilari ro‘yxatiga kirgan. Ma’lum qilinishicha, bazada muassasaga tashrif buyurgan mehmonlarning shaxsiy ma’lumotlari saqlangan.
«Hujum qilganlar smart-termostatdan foydalanib tarmoqqa ulangan. Shundan keyin ular ma’lumotlar bazasi orqali «yirik» o‘yinchilarni aniqlagan va ularning shaxsiy ma’lumotlarini bulutga joylashtirgan», — deydi Nikol Igan.
«Darktrace»ning kiberxavfsizlik bo‘yicha bosh direktori smart-qurilmalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Chunki shu turdagi aksariyat gadjetlarda hech qanday himoya tizimi mavjud emas. Yovuz niyatli kimsalar «Wi-Fi» orqali ularga ulanishi va kattagina zarar yetkazishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter