«WinRAR»ni yangilang! 19 yillik xavf aniqlandi
«Check Point» kompaniyasi mutaxassislari «WinRAR»da 19 yildan beri mavjud zaif nuqtani aniqlashdi, bungacha xakerlar va zararli dasturiy ta’minot tarqatuvchilari qancha foydalanuvchilarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritishdi ekan...
Dasturning yangi (2019-yil, yanvar) 5.70 versiyasida bu xatolik to‘g‘rilandi, ammo «WinRAR» yangilanish talab qilmaydi... Bundan bexabar millionlab odamlar esa undan uzoq yillardan beri foydalanib kelishyapti.
«Zaif nuqta»ni topgan «Check Point» mutaxassislari tushuntirishlaricha, dasturiy ta’minot ochilganida avtomatik ravishda zararli dasturlarni chiqarib olishi uchun kengaytmaga joylashtirilgan. Zararli dasturlar kompyuterni yoqish papkasiga joylashib oladi, ya’ni har safar foydalanuvchi kompyuterni yoqish barobarida, o‘zi bilmagan holda, viruslarga ham «start» beraveradi.
Shu kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, turli mamlakatlar kiberjosuslik bo‘yicha kampaniyalar nishoniga aylanmoqda. «McAfee» antivirus kompaniyasi esa aksariyati AQShga qaratilgan 100 ta kiberhujumda aynan «WinRAR» qo‘llanilganini qayd etgan.
Qariyb 20 yil davomida «WinRAR» arxivlash dasturidan foydalanganlar soni 500 million nafardan oshdi; bulardan qanchasi «zaif nuqta»dan jabrlanganini aniqlash imkonsiz ish.
Yana bir muammo bor: garchi «WinRAR»ning xavfsiz talqini — 5.70 yanvar oyi oxirlarida chiqqan bo‘lsada, uni saytdan faqat qo‘lda ko‘chirib olib, o‘rnatish mumkin, boshqalar esa bu kritik yangilanish mavjudligini bilmaydi ham.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter