Windows foydalanuvchilariga yashirin virus xavf solmoqda
Internet xavfsizligiga ixtisoslashgan «Elastic Security» kompaniyasi Windows o‘rnatilgan kompyuterlarda haqiqiy sertifikat bilan niqoblangan zararli virus borligini aniqlashdi. Bu haqda «Bleeping Computer» portali xabar berdi.
Aniqlangan viruslardan biri — Blister. U boshqa zararli dasturlarni yuklovchi vazifasini bajaradi. Bugungi kungacha Blisterni deyarli bironta himoya tizimi aniqlay olgan emas.
Blister mualliflari (hakerlar) ko‘zdan pana bo‘lish uchun ko‘plab usullardan foydalanishadi. Kodni yozish uchun sertifikatdan foydalanish — shu usullardan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter