Vodiy va Toshkent viloyatida analog televideniye 15-yanvardan to‘xtatiladi. Qolgan hududlarda-chi? (to‘liq jadval)
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi respublikamiz hududida yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatish muddatlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2018-yilning 15-yanvaridan boshlab to 5-dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish muddatlari:
№ |
Viloyatlar |
To‘xtatilish sanasi |
1 | Andijon viloyatida | 2018-yilning 15-yanvaridan. |
2 | Farg‘ona viloyatida | 2018-yilning 15-yanvaridan. |
3 | Namangan viloyatida | 2018-yilning 15-yanvaridan. |
4 | Toshkent viloyatida | 2018-yilning 15-yanvaridan. |
5 | Sirdaryo viloyatida | 2018-yilning 15-aprelidan. |
6 | Jizzax viloyatida | 2018-yilning 15-mayidan. |
7 | Samarqand viloyatida | 2018-yilning 1-iyunidan. |
8 | Buxoro viloyatida | 2018-yilning 15-iyunidan. |
9 | Navoiy viloyatida | 2018-yilning 15-iyunidan. |
10 | Xorazm viloyatida | 2018-yilning 1-iyulidan. |
11 | Toshkent shahrida | 2018-yilning 15-iyulidan. |
12 | Qoraqalpog‘iston Respublikasida | 2018-yilning 10-sentyabridan. |
13 | Surxondaryo viloyatida | 2018-yilning 5-noyabridan. |
14 | Qashqadaryo viloyatida | 2018-yilning 5-dekabridan. |
Shunday qilib, 2018-yilning 5-dekabridan O‘zbekiston to‘liq raqamli teleeshittirishlarga o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter