Video: Robotlar mustaqil sayr qilib yuribdi
«Boston Dynamics» kompaniyasi o‘z mahoratini namoyon etgan robotlarning bir necha roliklarini e’lon qildi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Ulardan birida «SpotMini» — «to‘rt oyoqli temir do‘stimiz» to‘siqlarni bosib o‘tib, hatto zina orqali ko‘tarilgan holda ofis va laboratoriya bo‘ylab mutlaq mustaqil harakat qilmoqda.
«SpotMini» old, orqa va yon kameralaridan foydalangan holda atrof-muhitni skaner qiladi, shundan keyin olingan ma’lumotlar asosida yo‘nalishni tanlaydi. Avvaliga robot qo‘lbola usulda o‘rgatilgan bo‘lib, keyin esa kameralar yordamida o‘zi o‘rgangan. Natijada videodan ko‘rish mumkinki, robot mutlaq mustaqil ravishda 6 daqiqa davomida harakatlangan.
Bu vaqtda esa «Boston Dynamics»ning ikkinchi «Atlas» roboti ochiq havoda aylanganini ko‘rish mumkin. «Atlas» avvalroq salto otgani bilan barchaga tanilgan edi, biroq bu safar u ochiq muhitda mustaqil yugurib yuribdi va unchalik katta bo‘lmagan to‘siqlarni oshib o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter