Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik rahbariyati, IT Park delegatsiyasi va Astana Hub o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Vazirlik rahbariyati, IT Park delegatsiyasi va Astana Hub o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Sherzod Shermatov boshchiligidagi vazirlik, IT Park delegatsiyasi va Astana Hub kompaniya-rezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Astana Hub rezidentlarining O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishi bo‘yicha amaliy rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida jahon miqyosida talabalarni rekruting (ishga taklif qilish) bilan shug‘ullanayotgan mustaqil mutaxassislarning faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltirilgan «Oquda» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Kompaniya rahbari O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng texnologik va joriy qilish konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Maxinum Consulting Group» kompaniyasi bilan muzokara olib borildi. Mazkur kompaniya bilan O‘zbekiston IT sohasida ilk qadamlarini qo‘yayotgan mutaxassislarni mentorlikka jalb qilishga kelishildi.

O‘z navbatida, «MyBuh.kz» kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida uning filialini ochish va IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tikazishga kelishildi. «MyBuh.kz» kompaniyasi tadbirkorlarga buxgalteriya sohasida avtomatlashirilgan servisni taqdim etadi.

Ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni vizuallashtirish xizmatlarini ko‘rsatayotgan «Datanomix» konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonlik kompaniyalari uchun seminar o‘tkazilishi belgilangan.

Avtoturargohlar uchun aqlli yechimlarni taqdim yetayotgan «Parqour» kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochib, qator loyihalarda g‘olib deb topildi. Ular bilan muzokaralar olib borish natijasida IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tikazishga kelishildi.

Tomonlar kelgusida o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik IT kompaniyalarni milliy va xalqaro bozorlarida qo‘llab-quvvatlash va birgalikda loyihalarni amalga oshirish maqsadida IT Park va  Astana Hub o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring