Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir AQShda ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

Vazir AQShda ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

Foto: Sherzod Shermatov

Google, Apple, Uber, CISCO, Amazon, EY kabi qator xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan, tadbirkor va Silikon vodiysida o‘qishda bo‘lgan vatandoshlarimiz bilan o‘zbek milliy taomlari restoranida uchrashdik, deb yozadi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Qayd etilishicha, ularga o‘zbekistonlik yoshlarni imkoni boricha autsorsing loyihalariga jalb qilish taklifi berilgan.

«Xorazmda bo‘lganimda yosh dasturchilar aytib berishgandi, AQShdagi hamyurtimiz soatiga 70 dollarlik buyurtma olib, bizga soatiga 7 dollar narxda beradi deb. Yomonlash ma’nosida emas, balki bu misol aynan xorijdagi hamyurtlarimizga ham qo‘shimcha daromad topishga imkoniyat ekanligiga yaqqol misol», deya qayd etadi vazir.

AKT sohasi rahbariga ko‘ra, viloyatlardagi universitet talabalariga 7 dollardan soatiga daromad bo‘lsa, oyiga ming dollar atrofida daromad degani, ya’ni ular jon deb ishlashadi, ham qo‘shimcha portfolio va tajriba bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQShda qator uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring