«Uzmobile» arzonlashtirilgan narxda tungi limitsiz internetni taqdim etdi
![«Uzmobile» arzonlashtirilgan narxda tungi limitsiz internetni taqdim etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3625184227.jpg)
«Uzmobile» mobil operatori «Tungi limitsiz» aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, GSM standarti tarmog‘i abonentlari «Tungi internet» xizmatidan arzonlashtirilgan narxda foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aksiya doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun «Tungi internet» xizmati uchun yangi tariflar o‘rnatilgan.
Aksiyaning amal qilish muddati – 2018 yilning 1 iyunidan 15 iyuligacha (yakuniy emas). Aksiya haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter