Urganchda ham yangi uylar xonadonlari internetga ulab berildi
![Urganchda ham yangi uylar xonadonlari internetga ulab berildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1029239266.jpg)
«O‘zbektelekom» AK Xorazm filiali tomonidan Urganch shahri «Yoshlik» aholi turar-joy mavzesida yangi uy egalari uchun maxsus ko‘chma aksiyalar o‘tkazildi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi turar-joy aholisiga kompaniyaning barcha xizmatlari: jumladan, telefon, IPTV va internet xizmatlariga ulanish taklif etildi. Bunda optik aloqa liniyalariga ulanganlar yangi abonent qurilmasini olishda, 95% chegirmaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus aksiyada ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi.
Avvalroq «O‘zbektelekom» AK butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha ko‘chma aksiyalar o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.
Kompaniya vakillari so‘zlariga ko‘ra, ko‘chma aksiyalar geografiyasi va soni doimiy ravishda kengayib boradi. Ko‘plab tumanlar aholisi kompaniya xizmatlari bilan tanishishlari va shu yerning o‘zida shartnoma tuzishlari uchun o‘z xonadonlaridan hovliga chiqishlarining o‘zi yetarli bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter