«Ucell» kompaniyasi yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi (video)
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan joriy yilning 26 noyabr kuni «Humo Arena» muz sporti saroyida «Imkoniyatlar makoni» yoshlar va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat idoralari, yirik va nufuzli kompaniyalar hamda yirik mehmonxonalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari taklifi bilan qatnashishdi. Yarmarkada ishtirok etgan kompaniyalar asosan turizm, qurilish, sanoat, ishlab chiqarish, bank, aloqa va IT sohalariga oid bo‘ldi. Ular qatorida «Ucell» kompaniyasi ham yoshlarga bo‘sh o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.
— «Ucell» kompaniyasi telekommunikatsiyalar sohasidagi eng yirik ish beruvchilaridan biri hisoblanadi — deydi «Ucell»ning biznes hamkorlik boshqarmasi mutaxassisi Mohidil Sobirjonova. — Kompaniyamizda bir yarim mingdan ortiq mutaxassis ish faoliyatini olib boradi. Tashkil etilgan ushbu mehnat yarmarkasi bizning faqatgina operator sifatida emas, balki yirik ish beruvchi sifatida tanishtirishga yordam beradi. Hozirda Ucell kompaniyasida IT va marketing yo‘nalishlarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.
Yoshlarga nafaqat ish o‘rni topish imkoniyati, balki muvaffaqiyatli suhbatdan o‘tish, ishga joylashish sirlari, kasbga yo‘naltirish va yoshlarga motivatsiya berish maqsadida xalqaro toifali psixolog-koucher va trenerlardan, mashhur blogerlardan mahorat darslari taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter