Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter»dagi ilk tvit sotuvda — hozircha million dollar

«Twitter»dagi ilk tvit sotuvda — hozircha million dollar

Foto: «Zerkalo.az»

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri va bosh direktori Jek Dorsi platformada joylangan ilk tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Savdo «Valuables» onlayn-auksionida ketmoqda.

Bu tvitni Dorsining o‘zi 2006-yilning 21-mart kuni yozgan: «just setting up my twttr» («shunchaki o‘z tvitterimni sozlayapman»).

Shunchaki to‘rt-besh so‘z bugun durdona asardan-da qimmat — kimdir tvitni sotib olish uchun million dollar taklif qilibdi.

Tvit savdosi o‘tgan yilning 15-dekabrida bir dollardan boshlangandi. 6 martgacha eng yuqori taklif 3,5 ming dollargacha chiqdi. Dorsi kimoshdi ketayotganini o‘z sahifasida shipshitganidan keyin esa hammasi tezlashib va o‘zgarib ketdi.

«Valuables» tushuntirishicha, xaridor tvit egasining imzosi qo‘yilgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi, tvitning o‘zi esa joyida qoladi. Raqamli sertifikatga tvit joylangan sana va vaqt, matni, muallif kriptohamyonining raqamli imzosi kiritiladi, unga egalik huquqi esa blokcheynda mustahkamlab qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring