Turli funksiyalarni bajarishga qodir robot-giroskuter yaratildi
«Segway» kompaniyasi «Loomo» nomli robot-giroskuterini 2018-yilning may oyidan boshlab xaridorlarga taqdim etadi, deb xabar berdi «Hi-News».
«Loomo» — noodatiy giroskuter bo‘lib, u to‘laqonli sun’iy intellekt platformasi asosida ishlaydi. Unda harakatlanish bilan birga boshqa funksiyalaridan ham foydalanish mumkin. U buyruqlarga javob qaytarishga, inson yuzini tanishga, «ortimdan yur» buyrug‘ini tushunishga qodir. Dasturiy ta’minot ustida ish olib borgan ixtirochilar «BMW» uchun avtopilot ishlab chiqarish loyihasida ham ishtirok etgan. Shu sababli robogiroskuter mustaqil o‘z joyiga o‘rnasha oladi.
Qurilma soatiga 10 kilometr tezlikda harakatlanishi hamda turli yumushlarni bajarishi mumkin. Masalan, uni videopleyerlarni tashishga yo‘naltirsa bo‘ladi.
«Loomo»ni smartfonlar uchun ishlab chiqarilgan maxsus mobil dastur orqali boshqarish, uning marshrutini belgilab berish mumkin. Bundan tashqari, ixtirochilarning ta’kidlashicha, «Android» foydalanuvchilari unga o‘zlari xohlagan funksiyani qo‘sha olishadi.
«Loomo»ga buyurtma berish hozir 1299 dollarga tushadi. Sotuvga chiqqanidan keyin esa uning bahosi 1799 dollarga ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter