Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm qo‘mitasi vakili Amiti universitetiga tashrif buyurdi

Turizm qo‘mitasi vakili Amiti universitetiga tashrif buyurdi

25-fevral kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan universitetning turizm yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Qo‘mitaning Turizm sohasida rejalashtirish va inson resurslarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha departament boshlig‘i Shuhrat Isaqulov turizm sohasida bo‘ladigan yangiliklar, asosiy muammolar va hozirda qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Ma’ruza davomida talabalar kerakli va muhim ma’lumotlar olishdi. Shu jumladan, ichki turizmda shaharlar, mehmonxonalarning turlari va shart-sharoitlari haqida, shu bilan bir qatorda, transport, ularning ish faoliyatini tizimlashtirish hamda turizm faoliyatida ish olib boruvchilarga ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘risida axborot berildi.

Talabalar COVID-19 pandemiyasidan keyin ichki va tashqi turizmning rivojlanishi, O‘zbekistonda turizm sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring