Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyloq va Samarqand tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi

Toyloq va Samarqand tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 19-martida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgandi.

Mazkur besh tashabbusning 3-yo‘nalishi – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish» doirasida respublikaning barcha shahar va tumanlarida kompyuter texnologiyalari, robototexnika va kibersport to‘garaklarini mujassam etgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish rejalashtirildi.

Shu munosabat bilan, 2020-yilning 29-avgust kuni Toyloq va Samarqand tumanlarida shunday markazlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toyloq tumanidagi markazning ochilish marosimida tuman hokimi B.Bobonazarov, hokimning yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari D.Haqberdiyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va 50 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.

Samarqand tumanida esa markaz ochilishida tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Z.Shodiyeva, AKT vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Mazkur markazlarda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

Mazkur markazlarning ochilishi ushbu tumanlar yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring