Toshkentdagi Amiti universitetida nobelchilar ma’ruza o‘qiydi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Hindistonning Amiti universiteti hamkorligida bu yil Toshkent shahrida tashkil etilgan Amiti universitetining ta’lim faoliyatiga bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
«Bu yil Toshkent shahridagi Amiti universiteti bakalavr darajasi uchun Axborot texnologiyalari, Muhandislik va kompyuter texnologiyalari, Iqtisod, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha va magistrlik darajasi uchun qabulni amalga oshirdi. Imtihon uch bosqichda hind professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi, ishtirok etgan 5834 nafar abituriyentdan 500 nafariga yaqini talabalikka qabul qilindi, — dedi o‘z ma’ruzasida universitet direktori Sunil Kumar Katri. — Mana shu qisqa vaqt ichida 8 nafar talaba universitetning Hindistondagi kampuslarida o‘quv jarayonlari bilan tanishib qaytdilar. Kelgusida talabalar Nyu-York, London, Dubay, Singapur va boshqa shaharlardagi filiallarimizda amaliyot o‘tashlari uchun sharoit yaratish imkoniga egamiz».
Amiti universiteti dunyoning «TOP 3%» yuqori reytingiga kirgan, jumladan, AQSh va Buyuk Britaniyaning eng yuqori akkreditatsiyasiga ega Osiyoning yagona universiteti. Jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, Nobel mukofotini olgan professor va o‘qituvchilarni Toshkentdagi Amiti universiteti dars jarayoniga jalb etish ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter