Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yana bir fotoradar ishga tushdi

Toshkent viloyatida yana bir fotoradar ishga tushdi

Foto: «xabar.uz»

Avval «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik, deb yozadi O‘zA. 

Toshkent viloyati IIB Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmatidan O‘zAga xabar qilinishicha bugun, 19-apreldan e’tiboran xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A 373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 142-kilometri – «Qoraxitoy» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida fotoradar ishga tushdi. 

Bugundan e’tiboran bu fotoradar tezlikni me’yoridan oshirgan haydovchilarni rasman aniqlamoqda. 

Qoidabuzar transport vositalari egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda qaror chiqarilib, yashash manziliga yuboriladi. 

Xabarda yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari viloyatning boshqa asosiy yo‘llari hamda shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring