Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi
«Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4851-son, 06.10.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, joriy yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktab, 2021-2023-yillarda esa respublika bo‘yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.
2020/2021-o‘quv yildan:
- maktablarda «Informatika va axborot texnologiyalari» fani «Bir million dasturchi» loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan integratsiya qilinadi;
- mazkur loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan maktablarning 100 nafar eng yaxshi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilarini har yili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimi joriy qilinadi.
- 2021-yil 1-martga qadar ushbu fan o‘qituvchilarini sertifikatlash milliy tizimi joriy qilinadi.
- 2021-yil 1-sentyabrdan raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ushbu fan o‘qituvchilariga BHMning 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.
- 2021/2022-o‘quv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter