Toshkent shahridagi Inxa universitetida «Microsoft ta’limda» seminar o‘tkazildi
2018-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inxa universiteti (IUT)da «Microsoft ta’limda» seminar o‘tkazildi. Bu haqda universitetning rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, seminar «Microsoft» korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda «UZINFOCOM» MChJ tomonidan tashkil etilgan. Tadbirda vazirlik va idoralar, shuningdek, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlaridan vakillar ishtirok etishgan.
Seminar davomida «Microsoft» kompaniyasining ta’lim sohasi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nurlan Jonibek Amerika korporatsiyasining ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalari haqida so‘zlab berdi, bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropada «Microsoft» ta’lim sohasining rahbari Teodora Varbanova dunyoda va O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, u «Microsoft»ning IT-ta’lim sohasidagi turli tashabbuslari va loyihalari, jumladan, bu sohaga qizlarni jalb qilish haqida gapirib berdi.
Tadbir ishtirokchilari maktablar va oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini tashkil qilishda innovatsion yechimlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ta’kidlandiki, «Microsoft» dasturlari yordamida ta’lim muassasalari o‘quv dasturi bo‘yicha hamkorlik qilib, birgalikda takomillashtirishlari mumkin.
Bundan tashqari, Amerika Korporatsiyasi nogironlar uchun ta’limni tashkil etish va bolalarni xorijiy tillarga, shuningdek, boshqa fanlarni o‘qitish bo‘yicha yechimlar taklif qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter