Toshkent shahridagi Amiti universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Bugun, 1-iyul kuni Toshkent shahridagi Amiti Universiteti kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Universitetga kirish uchun ariza topshirgan abituriyentlar soni qariyb 750 nafarga yetdi. Hozirda ham ro‘yxatdan o‘tish jarayoni www.amity.uz sayti orqali davom etmoqda.
Kirish imtihonlari Amiti universitetining (Hindiston) professor va o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlarlar bo‘lib o‘tdi:
- Axborot texnologiyalari sohasida bakalavriat;
- Texnologiyalar bakalavriati – Kompyuter injeniring.
Shuningdek, ertaga, 2-iyul kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- Iqtisodiyot bakalavri;
- Turizmni boshqarish bakalavri;
- Biznes boshqaruvi bakalavri;
- Axborot texnologiyalari sohasida magistratura;
- Biznes boshqaruvi sohasida magistratura;
- Asosiy dastur.
Bundan tashqari, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha kirish imtihonlarining 2-bosqichi 2019-yilning 22, 23-iyul kunlari va 3-bosqichi 2019 yilning 12, 13-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter