Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Torrent»dan foydalanuvchilar xavf haqida ogohlantirildi

«Torrent»dan foydalanuvchilar xavf haqida ogohlantirildi

«uTorrent»da nuqson mavjudligi ma’lum bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

«uTorrent»ning ikkita versiyasida favqulodda nuqson mavjudligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».

Tizimdagi nosozlikni «Google Project Zero» kompaniyasining mutaxassislari aniqladi. Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan nuqson xakerlarga yuklab olingan materiallardan foydalanish imkoni beradi. Shu bilan birga foydalanuvchi «tashrif buyurgan» har qanday sayt «uTorrent»ning asosiy funksiyalarini boshqarishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng katta xavfni o‘z egalariga «Windows»ning avtomatik tarzda yuklanadigan papkalariga o‘tuvchi viruslarga boy zararli sahifalari tug‘diradi.

«uTorrent» dasturchilarining ma’lum qilishicha, dasturning kompyuterlar uchun mo‘ljallangan beta-versiyasi to‘g‘irlangan, biroq barcha uchun mo‘ljallangan yangilanish bir necha kun ichida paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring