Tizim 70 ming nafar tomoshabin orasidan jinoyatchini aniqladi
Moliyaviy jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro xitoylik politsiyachilar tomonidan gonkonglik qo‘shiqchi Jeki Chunning konsertida qo‘lga olindi. Yuzni tanishga mo‘ljallangan tizim jinoyatchini tadbirga tashrif buyurgan 70 ming nafar tomoshabin ichidan aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi «ITC.ua».
Ta’kidlanishicha, Ao ismli erkak politsiyachilarni ko‘rganida hayratdan «yoqa ushlagan». U konsertga yo‘l olayotganida 50 mingdan ortiq odam ichida qo‘lga tushib qolmasligiga mutlaq ishonchi komil bo‘lgan.
«Ao Xitoy politsiyasining ma’lumotlar bazasiga iqtisodiy jinoyati sabab kiritilgan. Uni qo‘lga olganimizda yuzida taajjub zohir edi», — deydi politsiyachi Li Szin.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Xitoy politsiyachilari bir vaqtning o‘zida 25 nafar gumonlanuvchini pivo festivalida qo‘lga olgan edi, o‘shanda ham ularning yuzlari kamera ob’yektiviga tushib qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilga qadar butun Xitoy bo‘ylab yuzni tanishga qodir 600 milliondan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter