Tinchlik va maxfiylik uchun 50$

Tashabbuskor Gregori Umxorev jamoat joylarida telefon orqali suhbatlashishga mo‘ljallangan maxsus «Bloxvox» niqobini taqdim etdi. Uni taqqan odamning ovozi atrofdagilarga xalaqit bermaydi, deb xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».
Niqobda hech qanaqa elektron qurilma yoki moslamalar mavjud emas. Undagi maxsus teshikchaga shunchaki mikrofon garniturasini joylashtirish va uni yuzga taqish kifoya. Maxsus shakli va tovush yutuvchi materiali sabab barcha ovoz mikrofonga yo‘naladi, atrofdagilar esa hech nimani eshitmaydi. Shu bilan birga uni taqqan odam bemalol nafas ololadi.
Bu turdagi niqob faqatgina simli garnituralar bilan ishlaydi. «AirPods» kabi mutlaq simsiz naushniklarni niqob teshikchasiga joylashtirishning imkoni yo‘q.
«Bloxvox» niqoblarini oldindan 50 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin. Dastlabki buyurtmalar 2018-yilning sentyabridan boshlab yetkazib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter