«TikTok» uchun jiddiy raqib — «Youtube» yangi servisni ishga tushirmoqda
«YouTube» qisqa videoroliklar uchun yangi platformani yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy blogida xabar berildi.
«Shorts» nomi ostidagi yangi servis smartfoniga qisqa videoroliklar yozib olish, ularga musiqa va boshqa effektlar qo‘shish hamda o‘z ijodi mahsulini obunachilari bilan baham ko‘rish istagidagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.
«Shorts» beta-testlariga Hindistonda start beriladi. Ta’kidlash kerakki, bu mamlakatda Xitoyning 59 ta mobil ilovasi, jumladan, «TikTok» ham taqiqlab qo‘yilgan.
«Bu ishlanma hali boshlang‘ich bosqichda, shunga qaramasdan sizga taqdim etyapmiz, maqsadimiz — global foydalanuvchilar, ijodkorlar va rassomlarni qisqa metrajli videolar yaratish va takomillashtirish tomon sayohatimizga jalb etish», — deyiladi «YouTube» anonsida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter