«Yandex» Ukrainadagi harbiy harakatlar haqidagi yangiliklarni yashirmoqda — sobiq rahbar
The Question asoschisi va «Yandex.Kyu» sobiq rahbari Tonya Samsonova «Yandex»dan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u «Facebook»da yozdi.
«Yandex» o‘zining yandex.ru qidiruv tizimining bosh sahifasida Rossiya qo‘shini Ukraina shaharlarini o‘qqa tutayotgani va tinch aholini o‘ldirayotgani haqidagi xabarlarni aks ettirmayotgani sababli meni o‘z xohishimga ko‘ra bo‘shatishlaringizni so‘rayman. Kompaniyaning bu ishini jinoyat hamda urush va qotilliklarga sheriklik deb hisoblayman», deb yozdi Samsonova o‘z arizasida.
«Yandex» Samsonovaning ishdan bo‘shashi yuzasidan munosabat bildirishni istamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter