Telegram asoschisi nega 180 dollarlik smartfondan foydalanganini aytdi
Telegram asoschisi Pavel Durov nega ikki yil davomida arzon smartfondan foydalanganini aytdi. Bu Samsung chiqargan 180 dollarlik smartfon.
Keyinchalik smartfon Dubayning qaynoq harorati tufayli ishdan chiqqan (Durov so‘nggi uch yildan buyon Amirliklarda istiqomat qiladi).
«Telegram foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan smartfonlardan biri bo‘lgani uchun uni tanlagandim», — o‘z tanlovi sababini tushuntirdi Durov.
O‘z messenjerini yanada yaxshilash niyatida tadbirkor foydalanuvchilar nimalarni istashlarini bilish uchun arzon smartfondan foydalanib kelgan.
G‘alati paradoks: ayrimlar qarzga bo‘lsa ham eng qimmat ayfon sotib oladi, milliarderga esa oddiy telefon ham kifoya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter