Telegram akkauntlari egallab olinmoqda. Nima qilish kerak?
Bugungi kunda Telegram messenjeri akkauntlarini noqonuniy egallash holatlari aniqlanmoqda.
Kiberxavfsizlik markaziga ko‘ra, firibgarlar tanishingiz (akkaunti firibgarlar tomonidan egallangan bo‘lsa) yoki notanish akkauntdan «Telegram Premium» sovg‘a qilishganligini bildirib, uni qabul qilish uchun sms-xabarnomadagi raqamlarni kiritishni so‘raydi. Shundan so‘ng firibgarlar telegram messenjeri boshqaruvini qo‘lga kiritadilar.
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun mutaxassislar quyidagilarga rioya etishingizni tavsiya qiladi:
- Ikki tomonlama autentifikatsiyani o‘rnating;
- Har qanday holatda ham sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
- Messenjer qurilmalar bo‘limidagi «Faol seanslarni» tekshiring boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter