Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefon xotirasidagi raqamlarni boshqa telefonga oson ko‘chirib o‘tkazish usuli

Telefon xotirasidagi raqamlarni boshqa telefonga oson ko‘chirib o‘tkazish usuli

Foto: «Layfxaker»

Telefon xotirasiga saqlab qo‘yilgan raqamlarni qanday qilib osongina boshqa bir telefonga o‘tkazish mumkin? Bu borada «Layfxaker» o‘z maslahatlarini beradi.

«My Contacts Backup» yordamida saqlab qo‘yilgan raqamlarni deyarli har qanday telefonga osongina ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uning yordamida «Android» smartfonlardagi raqamlarni «iPhone»ga, «iPhone»dagini «Android»ga, «iPhone»dan «iPhone»ga hamda «Android»dan «Android»ga o‘tkazish mumkin.

Dastur quyidagi tartibda ishlaydi. Avvaliga unda raqamlarning nusxasini yaratish va «email» orqali maqsadli qurilmaga «eksport» qilish lozim. Shundan so‘ng ikkinchi smartfondagi qabul qilingan fayllarda kontaktlarni ochish kerak va uni telefon xotirasiga saqlab qo‘yish kifoya.

«My Contacts Backup» dasturini ko‘chirib olib, uni o‘rnatganingizda paydo bo‘ladigan «Backup» tumasini bosasiz. Uning yordamida dastur sizdagi barcha raqamlarning nusxasini ko‘chiradi. Shundan so‘nggina «Send» («Android») yoki «Email» («iOS») tugmasini bosish lozim.

Ochilgan menyuda maqsadli smartfonga ulangan pochta manzilini ko‘rsating va dastur tomonidan tayyorlab qo‘yilgan maktubni pochtaga yuboring. Unda barcha raqamlar nusxasi ko‘chirilgan VCF formatidagi fayl bo‘ladi.

Raqamlar nusxasini qabul qilib olishi lozim bo‘lgan smartonni qo‘lingizga olib, pochtaga kirasiz va qabul qilingan maktubni ochgan holda VCF faylni ishga tushirasiz. Ekranda fayl ichidagi raqamlarni qo‘shishni istash-istamasligingizni tasdiqlovchi so‘rov paydo bo‘ladi. Uni tasdiqlab, telefon xotirasidagi o‘zgarishlarni kuzating.

«Android» smartfonlariga raqamlarni qo‘shish borasidagi so‘rov kelmasligi mumkin. Bu kabi holatda «Google»dan «Kontakti» dasturini ko‘chirib oling va yuborilgan maktubdagi faylga yana bir bor bosing. Shundan keyingina tizim ma’lumotlarni saqlashni taklif qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring