TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida magistrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoyning Beihang universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, TATUda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligini ochish rejalashtirilgan. Ikki universitet o‘rtasida shu yo‘nalishda o‘quv reja va materiallarini almashish, hamkorlikda ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Beihang universitetining Beidou fakulteti (Beidou Belt&Road School) kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoyning ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanib, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, navigatsion tizimlar, masofadan boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter