TATUda abituriyentlar uchun yana bir qulaylik!
2020-yilning 20-iyunidan 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangani haqida xabar bergandik.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida «Call-markaz» tashkil qilindi.
Quyidagi telefon raqamlari orqali «Call-markaz» bilan bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:
- 71 238-64-97
- 71 238-64-85
- 71 238-64-34
- 71 238-65-17
- 71 238-65-64
«Call-markaz» dushanbadan shanbagacha soat 08:30dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun: 2020-yil 22-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1784 nafar abituriyentni onlayn ro‘yxatga olgan.
Ko‘proq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter