TATUchilar onlayn musobaqaning g‘oliblari bo‘lishdi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 26-apreli va 9-may kuni o‘quvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha respublika miqiyosida onlayn musobaqa tashkil etilgan edi.
Musobaqaning talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan bosqichida:
1-o‘rin: Hasanov Husayn Saidjamol o‘g‘li (TATU talabasi) – 8 ta masala
2-o‘rin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala
3-o‘rin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala
O‘quvchilar o‘rtasida:
1-o‘rin: Baxriddinov Maqsud Ilhomidin o‘g‘li (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi) – 5 ta masala
2-o‘rin: Xo‘jaqulov Dilshodbek Zafar o‘g‘li (Toshkent shahri, aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi) – 4 ta masala
3-o‘rin: O‘rinov Azimjon Mehmonali o‘g‘li (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala
Fuqarolar o‘rtasida:
1-o‘rin: Hojiyev Sunnatullo (TATU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;
2-o‘rin: Hasanov Saidjalol Saidjamol o‘g‘li (NamDU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;
3-o‘rin: Xo‘jamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala;
Eslatib o‘tamiz: Musobaqa savollari rossiyalik xalqaro toifadagi hakam Oleg Xristenko tomonidan tuzilgan bo‘lib, g‘oliblarni ham musobaqani bevosita kuzatib borgan ushbu hakam aniqlab bergan, murosasiz kurash esa 5 soat davom etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter