Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU o‘qituvchi va talabalari nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lishdi

TATU o‘qituvchi va talabalari nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lishdi

Foto: «Xabar.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchi va talabalari «BEST IP-2018» eng yaxshi intellektual mulk ob’yekti uchun tanlovida g‘olib bo‘lishdi.

Kompyuter injiniring fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasining professor-o‘qituvchilari: M.Musayev, U.Berdanov va M.Rahimovlar tomonidan yaratilgan dasturiy ishlanma «Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va malumotlar bazasi» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabasi Farrux Boltayev «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnik ijodiyotni rag‘batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish, ixtirochilikni faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’yektlarini aniqlash va rag‘batlantirish uchun «BEST IP-2018» tanlovini e’lon kilgan edi.

Bu yilgi tanlovda boshqa yillardan farqli ravishda oltita — «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominaniyalari bo‘yicha talabnomalar qabul kilingan.

Tanlovda qatnashish uchun agentlikka barcha nominatsiyalar bo‘yicha jami 188 ta talabnoma kelib tushgan.

G‘ulomjon Nazarov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring