TATU litseyi o‘quvchilari dasturlash olimpiadasidan medallar bilan qaytishdi

Ular besh soat davomida informatika va dasturlash bo‘yicha berilgan 11ta masaladan 7tasini to‘g‘ri topib, jamoaviy bellashuvlar bo‘yicha III darajali diplom, umumiy hisobda esa II darajali diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 9—10-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Informatika va dasturlash bo‘yicha Butunrossiya jamoaviy olimpiadasida TATU litseyning iqtidorli o‘quvchilari — Temurbek Xo‘jayev, Ulug‘bek Abdimanabov va Sardorbek Sobirovlardan iborat «Neytrino-1» jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Olimpiadada Rossiya Federatsiyasining barcha mintaqalari, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus Respublikalari hamda Boltiqbo‘yi mamlakatlarining 350ga yaqin eng sara jamoalari kuch sinashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter