Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga «Huawei»da ishlash imkoniyatlari haqida gapirib berildi

Talabalarga «Huawei»da ishlash imkoniyatlari haqida gapirib berildi

«Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasining bosh ijrochi direktori Van Pen.

Foto: «Inha.uz»

«Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasining bosh ijrochi direktori Van Pen boshchiligidagi delegatsiya kompaniya taqdimotini o‘tkazish va ishga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Xitoy kompaniyasining turli faoliyatlari uchun mas’ul bo‘lgan «Huawei Tech Investment Tashkent» menejerlari ham o‘rin olgan edi.

Tadbirni ochar ekan janob Van Pen Toshkent shahridagi Inha universitetiga bir necha bor tashrif buyurganligini, ammo birinchi marotaba universitet talabalari bilan uchrashayotganini ta’kidlagan.

«Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasining rahbari tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan «Huawei»ning tarixi va faoliyati haqida so‘zlab, kompaniyaning O‘zbekistondagi telekommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi.

«Huawei Tech Investment Tashkent» vakillari IUT talabalariga Xitoy kompaniyasiga ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida ham gapirib berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring