Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt sabab 300 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolib ketishi kutilmoqda

Sun’iy intellekt sabab 300 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolib ketishi kutilmoqda

Amerikaning Goldman Sachs banki yaqin 10 yil ichida sun’iy intellekt tufayli jahon mehnat bozorida 300 millionga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari yo‘qolishini bashorat qildi.

Bu haqda bank tadqiqotiga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ChatGPT kabi tizimlar mehnat unumdorligini yiliga 1,4 foizgacha oshiradi. Dunyo bo‘ylab firmalarning kamida yarmi sun’iy intellekt texnologiyalariga o‘tgandan so‘ng, taxminan 10 yil ichida dunyo yalpi ichki mahsuloti 7 foizga oshadi.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShdagi har 10 ishchidan yetti nafari o‘z ishida sun’iy intellekt ta’siriga uchraydi, biroq faqat bir nechtasigina ishini tamomila yo‘qotishi mumkin. Sun’iy intellekt ko‘proq ofis ishchilari va yuridik xodimlar o‘rnini bosishi kutilyapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring