Subsidiya olish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushdi — Yagona portal
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun yaxshi yangilik e’lon qilindi.
Endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun.
Bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.
Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter