Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

STEM’dagi ayollar — O‘zbekiston misolida

STEM’dagi ayollar — O‘zbekiston misolida

O‘zbekiston yangi mintaqaviy IT xabga aylanish hamda raqamlashtirish va STEM’ni (tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik va matematika) rivojlantirish orqali o‘zini tanitishga jiddiy bel bog‘lagan. Ushbu strategiya nafaqat yalpi ichki mahsulot yiliga 5.3% o‘sishini ta’minlashga yordam beradi, balki ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarga ham hissa qo‘shadi.

G‘arb davlatlari IT kasblarini asosan erkaklar kasbi sifatida qabul qilishadi. Dasturchilarning atigi 11,2% — ayollar, qizig‘i shundaki, GitHub tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, ayollar yozgan kod (74,6%) erkaklarnikiga qaraganda (78,6%) ko‘proq tasdiqlanar ekan. Asosiy muammo shundaki, ayollar va qizlar ko‘pincha IT-sohasida karera boshlash haqida o‘ylashmaydi: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkazilgan global tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 15 yoshli qizlarning atigi 1% AKT mutaxassisligini egallashni xohlar ekan, o‘smirlar orasida esa — 5,5%.

O‘zbekistonda ko‘pincha teskari vaziyat kuzatiladi, ayollar dasturlash va katta ma’lumotlarni tahlil qilish sohalarini ish joyida yuqoriroq inklyuzivlikka erishish imkoniyati sifatida qabul qilishadi.

Shunday mutaxassislardan biri shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan VEON AdTech kompaniyasining katta ma’lumotlar bo‘yicha eksperti Munisa Rahimjonovadir. Uning IT sohasidagi karerasi Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiya yaratayotgan imkoniyatlarni aks ettiradi.

«O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ayollarga nisbatan hech qanday diskriminatsiya yo‘q, deb hisoblayman», — deya tushuntiradi Munisa. «Aslida, VEON AdTech kompaniyasida aksariyat IT-menedjerlar va mahsulot egalari — ayollardir».

Munisa IT sohasidagi o‘z faoliyatini maktabda boshlagan, chunki bu sohada yangi imkoniyatlarni ko‘zlagan. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida IT-biznes yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olib, Latviya va Avstriyada o‘qishni davom ettirdi. Munisa diplom olib, malaka oshirganidan keyin professional faoliyat boshlash uchun O‘zbekistonga qaytdi.

Bugungi kunda Munisa Toshkentda ma’lumotlar tahlilchisi sifatida faoliyat yuritadi va dasturchilar jamoasini boshqaradi. U yosh, ziyoli va texnologiyalarni yaxshi tushunadigan o‘zbek IT mutaxassisining timsolidir. Uning so‘nggi loyihalari bozor imkoniyatlarini aniqlashda global mobil qurilmalar brendi uchun savdo modellarini tahlil qilish hamda bank uchun eng yaxshi joylashuv va xizmatlarni aniqlash masalalarini o‘z ichiga olgan.

Munisa boshqa karera yo‘lini tanlab, biznes va qaror qabul qilishda erkaklar rolini birinchi o‘ringa qo‘yadigan an’anaviy yondashuvga duch kelishi mumkin edi. Buning o‘rniga u kuchli ayollar rahbarligidagi kompaniyada, tenglik muhitida o‘zi tanlagan karerani barpo etmoqda.

Munisaning faoliyati IT sohasida e’tirofga sazovor bo‘lgan O‘zbekistondagi minglab ayollarning tajribasini o‘zida aks ettiradi.

Beeline Uzbekistan va VEON AdTech ustuvor yo‘nalishlaridan biri – «2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish milliy strategiyasi»ga muvofiq tarzda ish joyidagi tenglikni ta’minlashdir. Ayollar raqamli operatorda faoliyat yurituvchi barcha xodimlarning 36 foizini va yuqori rahbariyatning 40 foizini tashkil qiladi hamda aksariyati IT mutaxassislar bo‘lgan VEON AdTech kompaniyasida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi nisbat 70:30 ni tashkil qiladi.

Shuningdek, Beeline Uzbekistan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan va biznes yuritayotgan ayollarni birlashtirgan Tumaris.Tech ayollar IT-startaplarini qo‘llab-quvvatlash dasturining titul hamkori  hisoblanadi. Kompaniya ko‘magida Markaziy Osiyodan 500 nafar yosh dasturchi qizlarni birlashtirgan keng ko‘lamli tadbir – xakaton o‘tkazildi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalarining mintaqaviy markaziga aylanishi yo‘lida gender tengligiga alohida e’tibor qaratib kelayotgani — muhim jihatlardan biridir. Hukumat rahnamoligida iqtisodiyotning ham davlat, ham xususiy sektorlari mamlakatda IT ni rivojlantirish uchun katta kuch va resurslarni sarfladi.

Bundan tashqari, iqtidorli yoshlarni bir joyda to‘plash maqsadida Toshkent shahrida IT-park ochildi. Endi u Beeline Uzbekistan uchun asosiy baza hisoblanadi. Mamlakatdagi yana bir muhim tashabbus – dasturlash va katta ma’lumotlarni tahlil qilish sohalarini o‘rgatuvchi Astrum akademiyasining tashkil etilishi bo‘ldi.

Munisa va uning yigit-qiz tengdoshlari mamlakat ambitsiyalarini haqiqatga aylantirish uchun yangi chaqiriqlarni qabul qilishga tayyor. Mahalliy ma’lumotlarga asoslangan yechimlarni yaratish uchun ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi odamlarning manfaatlari yo‘lida eng so‘nggi texnologiyalardan keng foydalanishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishgan.

Munisa aytganidek, «Men har doim ma’lumotlarni yaxshi ko‘rishim haqida gapiraman, chunki ular yordamida aniq tasvirni ko‘rish mumkin. Ma’lumotlar har qanday biznesdagi tendensiyalarni va joriy vaziyatni tushunishga yordam beradi. Biz mashinali o‘qitish, sun’iy intellekt va boshqa texnikalar yordamida bilim olishimiz mumkin. Ma’lumotlar bizga kelajakdan nimalar kutilayotganini taxmin etish va korxonalar uchrashi mumkin bo‘lgan xavfni kamaytirishga yordam beradi. Bu chindan ham ajoyib».

Munisaning yo‘li nafaqat Markaziy Osiyo bo‘ylab o‘tayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni bildiradi, balki tenglik tushunchasi chuqur singgan, raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan o‘ta ambitsioz jamiyat sari jadal harakatni aks ettiradi.

«Biz hayotning barcha jabhalarida IT va ma’lumotlardan foydalangan holda O‘zbekiston kelajagini qurmoqdamiz. Bugun yosh qizlarga avval shunchaki mavjud bo‘lmagan erkinlik — o‘zlari qaror qabul qilishlari hamda jamiyat rivojiga hissa qo‘shishlari uchun imkoniyat yaratilgan», — deya ta’kidlaydi Munisa.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring