Sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda
«mGovAward» — bu O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovidir.
Ishtirokchilar 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin:
- Ta’lim;
- Sog‘liqni saqlash;
- Turizm;
- Transport va logistika;
- Biznes va G2B.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:
Birinchi o‘ringa — 50.000$
Ikkinchi o‘ringa —30.000$
Uchinchi o‘ringa — 20.000$ taqdim etiladi.
Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2020-yilning 15-yanvargacha davom etadi!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Ariza qoldirish: bu yerda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter