Sotuvchi va kassa kerak emas. «Amazon» kompaniyasi «kelajak supermarketi»ni ishga tushiradi
«Amazon.com» kompaniyasi dushanba kuni to‘liq avtomatlashtirilgan va ichida kassasi bo‘lmagan supermarketini ochadi. Bu haqda «Reuters» agentligiga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.
«Kelajak supermarketi» bir yillik test tartibidan so‘ng, «Amazon Go» nomi ostida Sietlda paydo bo‘ldi. Bunga qadar ushbu supermarket xizmatidan faqatgina kompaniya xodimlari foydalanib kelayotgan edi.
Do‘konda na qo‘riqchi va na kassa xodimi bor: binoga kuzatuv kameralari hamda datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, u xaridorlarning nima olgani va qaysi tovarni joyiga qaytarib qo‘yganini kuzatadi. Olingan mahsulotlarni maxsus dastur «taniydi» va uni xaridorning tegishli mobil dasturidagi akkaunti hisobiga qo‘shib qo‘yadi.
Mijozlar to‘lovlarni mustaqil ravishda uning kodini skaner qilgan holda bank kartasi yordamida amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter