Sog‘liqni saqlash vazirligi ob’yektlari o‘rtasida videokonferensaloqa tashkil etildi
Bugungi kunda mamlakatimizda karantin tartibidagi ob’yektlarda, xususan, yangi barpo etilayotgan shifoxonalar hududlarida telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shifokorlarning ishida real vaqtda o‘zaro maslahat va ma’lumot almashinish imkoniyati katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, «O‘zbektelekom» AK qisqa vaqt ichida respublikamiz bo‘ylab 87 ta Sog‘liqni saqlash vazirligi ob’yektlari hududida videokonferensaloqa xizmatini tashkil etdi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
«O‘zbektelekom» AK aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash uchun, shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter