Selfi ishqibozlari uchun yangilik! «Golografik selfi»ni amalga oshirishuvchi messenjer yaratildi
«AiFo» kompaniyasi «CES 2018» ko‘rgazmasida tasvirlarni (jumladan, qisqa videolarni ham) qayta ishlash va real vaqtda turli lokatsiyalarga «joylashtirish» imkonini beruvchi «Wonderlens» va «Holo Messenger» dasturlarini namoyish etdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Dasturchilar tomonidan taqdim etilgan algoritm AR texnologiyasi yordamida selfidagi bitta kadrni sifatli qirqib olib, boshqasiga joylashtirishga yordam beradi. Siz okean tubini tadqiq etayotganingizni, kosmosdagi parvozingiz yoki dunyo mo‘jizalaridan biriga amalga oshirgan sayohatingizni dasturdan foydalangan holda rolik ko‘rinishida do‘stlaringizga yuborishigiz mumkin.
Dastur selfi uchun o‘nlab fon suratlari va videoroliklarini taklif etadi, masalan, tog‘ cho‘qqisi, kitlar bilan suzish, Parijga sayohat va hakozo.
Real vaqtda siz o‘zingizning «jonli» selfingizni «jonli» fonga joylashtirasiz.
«Holo Messenger» dasturi esa kim bilandir gaplashish jarayonida «gologramma»ni yaratib beradi (xuddi «Yulduzlar jangi: Yangi umid» filmidagi Leya kabi).
«CES ko‘rgazmasida namoyish etayotgan AR texnologiyamiz asosiy dasturlarimizdan biri hisoblanadi. Ammo bu hali aysbergning uchi, xolos», — deydi «AiFi» bosh direktori Stiv Gu.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter