«Samsung»da yana muammo! «Galaxy Note8» smartfonlaring akkumulyatori to‘liq zaryadsizlanganida qayta yoqilmayapti
Tarmoqlarda «Galaxy Note8» smartfoni bor foydalanuvchilar qurilmaning akkumulyatori to‘liq zaryadsizlanganida ishlamay qolayotganidan shikoyat qilmoqda. Kompaniya bu borada hech qanday bayonot bermadi, shunchaki buzilgan qurilmalarni almashtirib yoki tuzatib bermoqda, deya xabar qiladi «Hi-tech.mail.ru».
Yangi «Note8» smartfonlarida ham batareya bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan — ayrim nusxalarining quvvati nolga qadar tushirilib, qayta quvvatlantirilganida ishlamay qolyapti.
Bu kabi xabarlar «Samsung»ning rasmiy forumida paydo bo‘lgan.
Foydalanuvchilarning deyarli barchasini ta’kidlashicha, ularning hech biri qurilmani qo‘lidan tushirib yubormagan va uni faqatgina komplektdagi adapter va simdan foydalangan holda quvvatlantirgan. Shunday ekan, bu — qurilmadan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan nuqson emas. Hozircha muammoning ko‘lamini aniqlash qiyin — kompaniya bunga tushuntirish bermadi, biroq kafolati bor qurilmalarni almashtirib beryapti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Samsung»ning «Galaxy Note7» turkumidagi smartfonlari akkumulyatori to‘satdan portlab ketishi holati kuzatilgan va bu kompaniya obro‘siga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter