Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» rusumli 5G-smartfonlar yozda chiqadi

«Samsung» rusumli 5G-smartfonlar yozda chiqadi

Foto: «DigiMedia.ru»

5G-standartini qo‘llovchi «Samsung» smartfonlari AQShda 2019-yil yozida sotuvga chiqadi. Bu haqda «Reuters» agentligi «Sprint» operatoriga asoslanib xabar berdi. Koreys kompaniyasi, shuningdek, AQSh dagi «Verizon» va «AT&T» mobil aloqa operatorlari bilan ham tegishli shartnomalar tuzgan.

5G-smartfonlar «Galaxy S10» turkumi doirasida ishlab chiqariladi. Bu smartfonlarga 6,7 dyuymli ekran, to‘rt asosiy kamera, ikkita selfi-kamera va «Snapdragon 855» chipi o‘rnatiladi.

«Galaxy S10» turkumining o‘zi esa fevral oyi oxirida — MWC ko‘rgazmasi doirasida yoki alohida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Chiqariladigan smartfonlar: «Galaxy S10 Lite», «Galaxy S10» yoki «Galaxy S10 Edge», shuningdek «Galaxy S10+».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring